"Milan" Jiruni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

  • 11 iyul, 2017, 12:40
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Milan” ko‘pgina jamoalar qatori “Arsenal” hujumchisi Olive Jiru uchun kurashga qo‘shildi.

Tecno

30 yoshli futbolchi o‘tgan mavsum “to‘pchilar” safida etarli darajada o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmadi. Bundan tashqari “Lion”dan Aleksandr Lyakazettning Londonga olib kelinishi ham Jiruning imkoniyatlarini pasaytirib yuboradi. Hozirda uning “Arsenal”da qolish-qolmasligi hujumchi Aleksis Sanchesning shartnomani uzaytirish-uzaytirmasligiga bog‘liq bo‘lib turibdi.

Ma’lum bo‘lishicha, “Arsenal” futbolchini ortiqcha deb topadigan bo‘lsa, “Milan” bu borada taklif bilan chiqishga tayyor.

Frantsiyalik futbolchiga shuningdek, “Vest Xem”, “Lion” va “Everton” klublari ham qiziqish bildirgan. Jiruning o‘zi esa “Arsenal”da qolishni afzal bilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!