"Milan" Jiruning transferi bo‘yicha ishlarni yakunlash arafasida

  • 8 iyul, 2021, 14:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyalik hujumchi Olive Jiru shu yoz “Chelsi”dan “Milan”ga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Tecno

Italiyalik jurnalist Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, “rossonerilar” rahbariyati 34 yoshli futbolchining transferi ustida ish olib bormoqda. Tomonlar muzokaralarda oldinga siljishdi va "Milan" yaqin bir necha soat ichida shartnomani yakunlash uchun Jiruning agenti ​​va "Chelsi" vakillari bilan bog‘lanadi.

Olive Jiru o‘tgan mavsum Angliya premer-ligasida jami 17 o‘yinda maydonga tushdi. U ushbu uchrashuvlarda raqib darvozasiga 4 gol urishga erishdi.

“Chelsi” so‘nggi mavsumni APLda 4-o‘rinda yakunladi. “Milan” esa A Seriyada hamshahari “Inter”dan so‘ng 2-o‘rinni egalladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!