
"Milan" katta pul topdi, endi "Real" va "Siti" yulduzlari sotib olinadi
Osiyolik investorlar qo‘liga o‘tishi kutilayotgan "Milan" yozgi transfer oynasida katta xaridlarni amalga oshirishi mumkin.
"La Gazzetta dello Sport" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Baxrayndagi kompaniya milanliklar tarkibini kuchaytirish uchun 300 million evro ajratishga tayyor. Jamoa bu pulga yoshi katta hujum vakillari o‘rniga boshqa nomzodlarni olib kelmoqchi.
"Rossonerilar" short-listidan "Siti" yulduzi Rahim Sterling hamda "Real" futbolchilari Marko Asensio va Isko o‘rin egallagan.
Avvalroq, baxraynliklar "Milan"ni sotib olish uchun 1 mlrd evro sarflashga tayyorligi ma’lum qilingandi.
Fikrlar