
"Milan" kelasi yozda ikki nafar "so‘ngan yulduz"ni olib kelmoqchi
“Milan”ga yangi vinger kerak. Italiya nashrlarining habariga ko‘ra, “rossonerilar” rahbariyati qishda o‘ng qanot hujumchisi sotib olmoqchi emas. Sababi, klub Junior Messias va Aleksis Salemakerslarga ishonadi. Rahbariyat bu transferni kelasi yozda amalga oshirmoqchi. Variantlar orasida Hakim Ziesh va Marko Asensio kabi nomlar mavjud.
Paolo Maldini Asensio bilan shartnoma imzolamoqchi. Chunki futbolchini “Real” bilan shartnomasi kelasi yozda yakuniga etadi. Unga hozirda klubi tomonidan shartnomani uzaytirish bo‘yicha takliflar bo‘lmayapti.
Ziesh ham bu yozda klubini tark etish va “Ayaks”ga o‘tishga yaqin turgan edi. Uning kelajagi Grem Potterga bog‘liq.
Fikrlar