"Milan" Kesse bilan shartnomani uzaytirmoqchi

  • 11 fevral, 2021, 18:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" klubi rahbariyati yarim himoyachi Frank Kesse bilan amaldagi shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqda. Bu haqda italiyalik jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “rossonerilar” 24 yoshli futbolchiga uzoq muddatli shartnoma taklif qilish bilan birga, uning yillik maoshini 3,2 mln evroga oshirishga tayyor. O‘z navbatida, Kesse ham “Milan”da qolishni rejalashtirmoqda.

Franko Kesse joriy mavsum “Milan” safida jami 30 ta o‘yinda maydonga tushdi va 7 ta gol hamda 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning milanliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!