"Милан" Leаuni arzоn nаrhdа sоtishgа tаyоr — "Mаnchestеr Yunаytеd" qiziqish bildirмоqdа

  • 30.05.2026 17:33
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted" yozgi transfer oynasi oldidan "Milan" qanot hujumchisi Rafael Leauni oʻz roʻyxatiga kiritgan asosiy nomzodlardan biri sifatida koʻrib chiqmoqda. Bu haqida "Football Insider" manbalari xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, A seriya klubi kelasi mavsum uchun Chempionlar ligasi yoʻllanmasini qoʻlga kirita olmagani sababli portugalik futbolchini "arzon narxda" sotishga tayyor.

26 yoshli Leaŭ Evropaning bir qator klublari nazariga tushgan boʻlsa-da, hozircha u "Manchester Yunayted"ning ustuvor transfer maqsadlari qatoriga kiritilmagan.

Manbaga koʻra, jamoa yangi mavsum oldidan asosiy eʼtiborni qanot hujumchisi pozitsiyasini kuchaytirishga qaratmoqda. Shuningdek, yarim himoya markazi va chap qanot himoyachisi ham transfer rejalariда bor.

Shu tariqa, Leaŭ "Yunayted" kuzatuvidagi bir nechta nomzodlardan biri sifatida qolmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!