"Milan" "Liverpul" hujumchisini olib kelmoqchi

  • 11 fevral, 15:28
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Italiyaning "Milan" klubi "Liverpul" hujumchisi hisoblangan Darvin Nunesga juda katta qiziqish bildirmoqda.  


Xabaringiz bor, Konseysau boshchiligidagi jamoa qishki transferlar oynasida bir necha futbolchilar bilan shartnoma imzoladi. Klub mutasaddilari yozda ham to‘xtamoqchi emas. Hozirgi kunda italiyaliklar mersesaydliklar hujumchisi hisoblangan Nunes bilan shartnoma imzolashni maqsad qilib qo‘ygan. Bu haqida "Fichajes" nashri xabar bermoqda.   

Ushbu manbaning xabariga ko‘ra, urugvaylik forvard uchun "rossoneriliklar" angliyaliklarga 60 million evro to‘lashga tayyor. Arne Slot esa futbolchini jamoada olib qolmoqchi ekanligini bildirgan. Bundan tashqari, bir necha kun oldin Nunesga Saudiyaning bir qator jamoalari ham qiziqish bildirgan edi.   
 

Ma’lumot uchun, 25 yoshli futbolchi joriy mavsumda APLda 18 uchrashuvda ishtirok etib, 4 ta gol va 2 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Uning klub bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, Transfermarkt portalidagi narxi 65 million evro deb baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!