
"Milan" Lukas Paketani qanchaga sotishini ma’lum qildi
"Milan" klubi rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Lukas Paketani qishki transferlar davrida sotib yuborishga tayyor.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “rossonerilar” braziliyalik futbolchining transferini 35 mln evroga baholashmoqda. Unga esa asosiy da’vogar PSJ hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, “Milan” Paketani bundan bir yil muqaddam 35 mln evroga sotib olgan edi. U o‘tgan davr mobaynida 32 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar