"Milan" narxi 100 million evroga baholanayotgan nigeriyalik futbolchini sotib olmoqchi

  • 29 aprel, 2020, 21:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyaning "Lill" klubi hujumchisi Viktor Osimxen faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Corriere dello Sport nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 21 yoshli nigeriyalik futbolchini "Milan" o‘z tarkibiga jalb etmoqchi. “Rossonerilar” uni mavsumlar oralig‘idagi transferlar davrida sotib olishmoqchi. Ammo, ularga Osimxenni qo‘lga kiritish oson kechmasligi aniq. Chunki, frantsuz klubi o‘zining iqtidorli futbolchisini 100 mln evroga baholamoqda.

Aytish kerakki, Osimxen "Lill" safiga bir yil muqaddam "Sharlerua"dan 12 mln evro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. U joriy mavsum 38 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 18 ta gol hamda 6 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan imzolagan amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha tuzilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Бахтиёр Тоштемиров
29/04/2020 21:15
Axmoq