"Milan" o‘z futbolchisini APL klublariga taklif qildi

  • 15 yanvar, 2020, 11:50
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Milan" yarim himoyachisi Lukas Bilya Angliya premer ligasi klublaridan biriga o‘tishi mumkin.

Britaniya OAVsiga ko‘ra, milanliklar xavbek transferi bo‘yicha "Norvich" va "Uotford" bilan aloqaga chiqqan. Futbolchiga shuningdek, Ispaniyaning "Selta" klubi ham qiziqish bildirmoqda.

33 yoshli futbolchi joriy mavsumda "Milan" libosida 7 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gollik uzatma muallifiga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!