"Milan" Pioliga qanday shart qo‘ydi?
"Milan" klubi bosh murabbiyi Stefano Pioli mavsum yakunlangach o‘z lavozimini tark etishi mumkin. Bu haqda Calciomercato nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra agar “rossonerilar” mavsum yakunlariga ko‘ra Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kirita olishmasa, Pioli iste’foga chiqariladi.
Ma’lumot uchun, 54 yoshli Pioli “Milan”ni 2019 yilning 9 oktyabridan buyon boshqarib kelmoqda. Milanliklar ayni damda A Seriyada 8-o‘rinni egallab turishibdi.

Fikrlar