"Milan" qiziqayotgan futbolchini APL va Bundesliga klublari ham sotib olmoqchi
"Milan" qiziqayotgan Zagrebning "Dinamo" klubi yarim himoyachisi Dani Olmoga xaridorlar soni ko‘paydi.
Ma’lum bo‘lishicha, Olmo uchun "Leyptsig" va Angliya klubi kurashga qo‘shilgan. Nemislar futbolchi uchun 16 mln evro to‘lashga tayyorligini bildirgan, ammo xorvatlar o‘z javoblarini berib ulgurishmadi.
Zagreb klubining rahbariyatiga Olmo faoliyatini Germaniya davom ettirishni xohlayotganini bildirgan.
APLning "Vulverxempton" klubi futbolchiga 25 mln evrop taklif qilgani haqida xabarlar ham paydo bo‘lgan, ammo bu ma’lumot rasman tasdiqlanmadi.

Fikrlar