"Milan" rahbari Superliga haqida: Yangi musobaqa milliardlab muxlislar e’tiborini jalb qiladi

  • 20 aprel, 2021, 20:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" klubi bosh direktori Ivan Gazidis yangi tashkil etilgan Evropa Superligasi haqida o‘z fikrini bildirdi.

Tecno

"Ishonchimiz komilki, yangi musobaqa dunyo bo‘ylab milliardlab muxlislar e’tiborini jalb qiladi. Ishonamizki, bu futbolni rivojlantirishda hayajonli yangi bosqich bo‘ladi.

Superliga moliyaviy sarmoyalar bilan butun futbol piramidasiga yordam beradi. Ammo A Seriya biz Italiyada dam olish kunlari o‘ynaydigan eng muhim turnir bo‘lib qoladi. "Milan" Italiya chempionatida o‘ynashni davom ettirishdan faxrlanadi", – deb yozdi Gazidis o‘zining instagramdagi sahifasida.

Superligaga “Milan”dan tashqari “Inter” va “Yuventus” kabi A Seriya klublari ham kirgan. O‘yinlar avgust oyidan boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!