
"Milan" rahbariyatiga shart qo‘yildi
"Leyptsig" sobiq bosh murabbiyi Ralf Rangnik "Milan" klubini boshqarish niyatida emas, deya xabar bermoqda La Gazzetta Dello Sport nashri.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, germaniyalik mutaxassis "rossonerilar" texnik direktori lavozimini egallishni rejalashtirmoqda.
Bir mudddat oldin "Milan" bilan muzokara o‘tkazishni boshlagan Rangnik klub mutasaddilariga "Leyptsig" ustozi Yulian Nagelsmannni bosh murabbiylik postiga olib kelishini talab qilgan.
Ayni vaqtda "qizil qoralar"ni Stefano Pioli boshqarib kelmoqda. Klub Italiya chempionatida 36 ochko bilan 7 o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar