
"Milan" "Real"ning 3 nafar futbolchisini ko‘zlamoqda
"Milan" klubi "Real" Madridning 3 nafar futbolchisiga qiziqib qoldi. Bu haqda AS nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “rossonerilar”ning e’tibori Dani Sebalos, Martin Edegor hamda Mariano Diaslarga tushgan. Ular orasida Sebalos asosiy transfer nishoni hisoblanadi. “Qirollik klubi” esa uni 50 mln evroga baholamoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Milan” o‘tgan mavsum A Seriyada 5-o‘rinni egallagan edi. Biroq, UEFA yangi mavsumda ularni Evropa ligasida ishtirok etish huquqidan mahrum etishi kutilmoqda.
Fikrlar