
"Milan" Shvetsariyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi
Italiyaning "Milan" klubi Shvetsariya terma jamoasi va "Yang Boyz" klubi himoyachisi Zakari Atekameni sotib olganini e’lon qildi.
Klub matbuot hizmati ma’lum qilishicha, "rossonerilar" 20 yoshli futbolchi bilan 2030 yilgacha mo‘ljallangan sharnoma imzolagan. Futbolchi milanliklar safida 24-raqam ostida xarakat qiladi. Atekame o‘tgan mavsumda "Yang Boys" safida harakat qilgan va 43 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. Shvetsariya yoshlar terma jamoasida esa 10 ta o‘yinda maydonga tushgan.
Eslatib o‘tamiz, "Milan" A Seriyaning o‘tgan mavsumini 8-o‘rinda yakunlab evrokuboklar yo‘llamasini qo‘lga kirita olmagan edi. "Rossonerilar" yangi mavsumdagi ilk o‘yinini "Kromoneze"ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar