"Milan" so‘nggi bor roppa-rosa 25 yil oldin bu ishni amalga oshirgan edi

  • 13.05.2021 16:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Milan" kecha A Seriyaning 36-turi doirasida safarda "Torino"ga qarshi bahs olib bordi va 7:0 hisobida g‘alaba qozondi.

E’tiborlisi, "rossonerilar" so‘nggi 25 yilda ilk bor Italiya chempionatida bitta o‘yinda 7 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

“Milan” so‘nggi bor bu ishni 1996 yilning 12 may kuni uddalagan edi. O‘shanda “Kremoneze” klubi 7:1 hisobida taslim etilgan.

“Milan” 36 turdan so‘ng A Seriya musobaqa jadvalida 75 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda. Mavsum yakunlanishiga bor yo‘g‘i 2 ta tur qoldi xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!