"Milan" tarkibni iqtidorli yarim himoyachi bilan to‘ldirdi

  • 17 avgust, 2024, 20:22
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yussuf Fofana "Monako"dan "Milan" safiga borib qo‘shildi. 

Italiya klubi 25 yoshli xavbek transferini e’lon qildi. 

Frantsiyalik futbolchi milanliklar bilan 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi. Avvalroq, "Milan" Fofana uchun 23+2 million evro to‘lashi haqida xabar berilgandi. 

O‘tgan mavsumda Yussuf Liga 1 doirasida 32 ta bellashuvda maydonga tushib, 4 ta gol hamda 4 ta golli uzatma muallifiga aylangan. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!