"Milan" Turin klubidan ustun keldi

  • 27 oktabr, 2021, 01:42
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

A Seriya 10-turidan o‘rin olgan "Milan" - "Torino" uchrashuvi yakunlandi. Mazkur o‘yinda mezbonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. 

Uchrashuvning 14-daqiqasida Jiru tomonidan kiritilgan gol yagonaligini saqlab qoldi. 

Ochkolarini 28 taga etkazib olgan "Milan" ayni damda Italiya chempionati turnir jadvalida peshqadamlikni mustahkamlab oldi. Turinliklar hisobida 11 ochko bor va ular 12-pog‘onani band etib turibdi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!