
"Milan" uni PSJga qo‘yib yubormadi
“Milan” klubi rahbariyati himoyachi Teo Ernandesni PSJga qo‘yib yuborishni xohlamadi. Bu haqda Get French Football News nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, parijliklar 23 yoshli frantsiyalik futbolchi bilan Evropa chempionati boshlanishidan oldin aloqaga chiqqan, biroq “rossonerilar”ning rad javobidan so‘ng, ular futbolchining transferidan umidlarini uzgan.
O‘z navbatida, Ernandesni “Milan”da barcha narsa qanoatlantirmoqda va shu sababli, uning o‘zi ham jamoadan ketmoqchi emas.
Teo o‘tgan mavsum “Milan” safida jami 45 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 8 ta gol hamda 8 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning ayni damdagi transfer narxi 50 mln evroni tashkil etadi.
Fikrlar