"Milan" va "Arsenal" bir futbolchi uchun raqobatlashadi

  • 6 oktabr, 2021, 17:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Milan” klubi o‘z safini “Bryugge” yarim himoyachisi Noa Lang bilan kuchaytirmoqchi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, kecha 22 yoshli niderlandiyalik futbolchi “rossonerilar” texnik direktori Paolo Maldini bilan uchrashish uchun klub qarorgohiga kelgan. Tomonlar hamkorlikni “San-Siro”da davom ettirishi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishgan.

O‘z navbatida “Bryugge” ham Noa Langni qo‘yib yuborishga tayyor. Ammo Belgiya klubi uning transferi uchun 40 million evro so‘ramoqda. “Milan”ning bu boradagi asosiy raqobatchisi Londonning “Arsenal” klubi hisoblanadi.

Lang joriy mavsum “Bryugge” safida jami 13 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!