"Milan" va "Yuventus" o‘zaro futbolchi almashtirishi mumkin
"Milan" klubi yarim himoyachisi Lukas Paketa faoliyatini "Yuventus"da davom ettirishi mumkin. U “Milan”ga kelishi kutilayotgan “keksa sinora” futbolchisi Federiko Bernardeski evaziga Turinga yuborilishi mumkin.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra A Seriya grandlari ushbu rokirovkani qishki transferlar davridayoq amalga oshirishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Paketa PSJga, Bernardeski esa “Barselona”ga yo‘l olishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, 22 yoshli Paketa joriy mavsum 15 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. 25 yoshli Bernardeski esa 20 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 1 ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar