"Milan" yozda transfer bozorini "portlatmoqchi"! Ular ko‘zlagan futbolchilar orasida "Roma" a’zosi ham bor
La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, "Milan" mavsumlar oralig‘ida jiddiy transferlarni amalga oshirmoqchi.
Manbaning ta’kidlashicha, yaqin orada jamoani sotib olishi mumkin bo‘lgan Bahraynning Investcorp kompaniyasi yozgi transferlar uchun 300 million evro ajratishni rejalashtirmoqda.
Qayd etilishicha, “Milan” yozda “Lill” yarim himoyachisi Renatu Sanshesh, “Ayaks” hujumchisi Sebastyan Aller, “Roma”ning hujumkor yarim himoyachisi Nikolo Dzanolo va “RB Leyptsig” yarim himoyachisi Kristofer Nkunkuni sotib olishni maqsad qilgan.
Avvalroq, “rossonerilar” PSJ darvozaboni Janluiji Donnarummani yana ortga qaytarish haqida ham o‘ylayotgani xabar qilingandi.

Fikrlar