"Milan"ning asosiy himoyachilaridan biri uzoq muddatga safdan chiqdi
"Milan" himoyachisi Mateo Musakkio jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
29 yoshl italiyalik futbolchi o‘ng tovonidan operatsiya qilingan. Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, endi uning maydonga qaytishi uchun taxminan 4 oy vaqt talab etiladi.
Musakkio joriy mavsum A Seriyada 18 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar