
Milik "Napoli"ni tark etishi mumkinligini inkor etmayapti
Italiyaning “Napoli” klubi hujumchisi Arkadiush Milik qishda jamoani tark etishi mumkinligi haqida aytib o‘tdi. Football Italia nashrining ma’lum qilishicha gap uning boshqa jamoaga ijaraga berilishi haqida ketmoqda.
“Uch hafta oldin qayta operatsiya qilindim. Tizzam hali ham shishadi, ba’zan og‘rib ham turadi. Lekin, har kuni o‘zimni yaxshi his qilyapman. Davolanish yaxshi ketyapti. Tez orada basseynda mashg‘ulotlarni boshlayman.
Boshqa jamoaga ijaraga ketishim mumkinligini inkor etmayman. Bu o‘zimni yana avvalgi holatimga qaytishim uchun juda qulay imkoniyat. Ana shundan so‘ng 100 foiz tayyor bo‘lib ortga qaytaman. Terma jamoaga keladigan bo‘lsak, men mundialda ularga yordam berishga tayyorman”, - deydi Milik.
Eslatib o‘tamiz, polshalik futbolchi tizzasidan olgan jarohati sabab yil so‘nggiga qadar maydonga tusha olmaydi.
Fikrlar