"Rolan Garros" musobaqasi o‘tkazilmasligi mumkin

  • 11 mart, 2020, 12:34
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Frantsiya hukumati koronavirus tarqalishi sabab mamlakat hududida 1 ming kishidan ortiq muxlislar to‘planadigan har qanday tadbirlarni bekor bo‘lishi haqida qaror chiqardi.

Tecno

Mazkur qaror yuzasidan tennis bo‘yicha "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi "Rolan Garros" musobaqasi direktori Gi Forje shunday dedi:

"Barchasi tushunarli. Har qanday katta turnirda ko‘plab muxlislar to‘planadi. "Rolan Garros" muxlislarsiz o‘tadimi, yoki o‘tkazilmaydimi? Bu savollarga aniq javob bera olmaymiz. Hozircha musobaqa o‘tishi uchun barcha choralar ko‘rilmoqda, ammo hammasi ham bizning qo‘limizda emas".

Eslatib o‘tamiz, Kaliforniyaning Indian-Uells shahrida 9-22 mart kunlari "Indian Wells ATP Masters 1000" va "Indian Wells WTA Premier Mandatory" musobaqalari o‘tkazilishi bekor qilingan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!