
«Milliy» stadionining maysasini Turkiya kompaniyasi ajoyib holatga keltirmoqda (Foto)
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan yurtimizda futbol infratuzilmasini yaxshilash, zamonaviy talabga javob beradigan stadion va maydonlarni barpo qilish va rekonstruktsiya ishlarini olib borish maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, "Milliy" stadionning chimini yangilash ishlari olib borilayotgani haqida avval xabar berib o‘tgandik. O‘zbekiston futbol assotsiyasi buyurtmasiga asosan Turkiyaning "Iren"kompaniyasi tomonidan stadion chimi zamonaviy talabga javob beradigan darajaga olib kelinmoqda. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.00
Ayni paytda maydonning chimi quyidagi holatga kelgan:
Parvarish bilan shug‘ullanayotgan turkiyalik mutaxassislarining ma’lum qilishicha, “Milliy” stadioni chimi har kuni reja asosida kerakli miqdorda sug‘orilmoqda. Qisqa fursatdan keyin nafaqat poytaxtimiz, balki mamlakatimizning bosh futbol arenasi hisoblangan “Milliy” stadioni chimi milliy va boshqa terma jamoalarimiz ishtirokidagi xalqaro o‘yinlarni qabul qilishga tayyor bo‘ladi.
Fikrlar