Milliy terma jamoamiz eng kam gol o‘tkazgan va eng ko‘p gol urganlar ro‘yxatida nechanchi o‘rinda?

  • 4 iyun, 17:55
  • Bilolbek Imomov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoamiz Jahon chempionatining 3-bosqich saralashida A guruhidan o‘rin olgan. 8 ta turdan so‘ng vakillarimiz 11 ta gol urib, 7 ta gol o‘tkazgan holda, 17 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. 
 
Ushbu bosqichda eng ko‘p gol urgan jamoalarning ro‘yxati bilan tanishing (top-5): 
 

1. Yaponiya - 24 ta 
2. Eron va Qatar - 16 tadan 
3. BAA va Janubiy Koreya - 14 tadan 
4. Iordaniya va Avstraliya - 13 tadan 
5. O‘zbekiston - 11 ta 
 
Eng kam gol urganlar: 
 
1. Saudiya Arabistoni - 4 ta 
2. Bahrayn - 5 ta 
3. Xitoy - 6 ta 
4. KXDR, Falastin, Quvait - 7 tadan 
5. Iroq, Ummon va Indoneziya - 8 tadan 
 
Eng kam gol o‘tkazganlar:
 
 
1. Yaponiya - 2 ta 
2. Avstraliya va Saudiya Arabistoni - 6 tadan 
3. O‘zbekiston, Eron, BAA, Janubiy Koreya, Iordaniya va Iroq - 7 tadan 
4. Ummon - 10 ta 
5. Falastin - 12 ta 
 
Eng ko‘p gol o‘tkazganlar: 
 
1. Qatar - 21 ta 
2. Xitoy - 19 ta 
3. KXDR - 16 ta 
4. Qirg‘iz Respublikasi - 15 ta 
5. Indoneziya va Quvayt - 14 tadan 
 
Eslatib o‘tamiz, terma jamoamiz 5 iyun kuni BAAga qarshi safarda harakat qilsa, 10 iyun kuni o‘z uyida Qatarni qabul qiladi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Rescara
04/06/2025 18:47
Эй админлар. Подкастни обташаларинг сайтга киргисиям кеми колди одам.