
Mino Rayola: Mxitaryan haqidagi gaplar asosga ega emas
"Arsenal" yarim himoyachisi Genrix Mxitaryanning agenti Mino Rayola mijozi atrofida bo‘layotgan gap-so‘zlarga izoh berib o‘tdi.
Yaqindagina, armanistonlik futbolchi "Arsenal" rahbariyatiga londonliklar safidagi davri yakunlangani va Rimda qolish niyatidaligi ekanligi haqida xabar yuborgani ma’lum qilingan edi.
"Mxitaryan "Arsenal"ga hech qanday xabar yuborganicha yo‘q. Ayniqsa, hozir bunday soxta ma’lumotlar mutlaqo qabul qilinmaydi", - deya o‘zining tvitter sahifasida izoh qoldirdi Rayola.
Italiya chempionati joriy mavsumida Mxitaryan 13 ta o‘yinda maydonga tushib, oltita gol va uchta golli uzatma muallifi bo‘ldi.
Fikrlar