Minole "Liverpul"dan ketmaydi
"Liverpul" klubi darvozaboni Simon Minole joriy yozgi transferlar davrida jamoasini o‘zgartirmaydi. Bu haqda The Times nashri xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra belgiyalik posbonning jamoa bosh murabbiyi Yurgen Klopp bilan yaxshi munosabatlarda hisoblanadi. Garchi jamoaga Alisson kelgach u ikkinchi raqamli darvozabonga aylangan bo‘lsada, germaniyalik mutaxassisga uning harakatlari baribir yoqadi.
Minole ayni damda “Liverpul” uchun o‘zini foydali deb hisoblaydi va shuning uchun ham jamoadan ketishni rejalashtirmayapti.
Ma’lumot uchun, Simon Minole ortda qolgan mavsum jami 25ta o‘yinda maydonga tushdi.



Fikrlar