
Mirafzal Axtamov AQShda Charlz Oliveyra jamoadoshi bilan jang qiladi
O‘zbekistonlik MMA jangchisi Mirafzal Axtamovning navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi.
Yurtdoshimiz 23 fevral kuni Nyu- York shahridagi "Niagara" arenasida oktagonga ko‘tariladi. Unga braziliyalik Diego Bianchini raqiblik qiladi. Bianchini UFC engil vazn toifasi yulduzi Charlz Oliaeyraning jamoadoshi hisoblanadi. Ushbu jang yarim o‘rta vazn (77,1 kg) toifasida AQShning LFA promoushenida bo‘lib o‘tadi. Axtamov ushbu liga bilan shartnomaga ega va u promoushendagi dastlabki jangida chiroyli g‘alabaga erishgandi.
Ma’lumot uchun, Mirafzal Axtamovning rekordi 7-0,1 bo‘lsa, Bianchini 8-1 ko‘rsatkichga ega.
Fikrlar