
Mirjalol Qosimov: AGMK jamoasiga lider futbolchi etishmayapti
"Chiroyli, shiddatli va jangovar o‘yin kutgan edik va shunday ham bo‘ldi. «Bunyodkor»ning to‘p bilan qay darajada ishlay olishini bilamiz. Birinchi bo‘limda kerakli nuqtalarda xatolarga yo‘l qo‘ydik. Xatolar, qolaversa yomg‘ir. Lekin oxirigacha kurashdik. Jamoaga lider etishmayapti.
Oddiy vaziyatda gol o‘tkazib yubordik. To‘raevdan bunday gol o‘tkazib yuborishini kutmagan edim. Gol bo‘lgan vaziyatda Akbar oddiy holatda to‘pni qo‘lidan chiqarib yubordi va burchak to‘pi belgilandi. So‘ng Pirimov qoida buzdi va…
«Bunyodkor» bugun yaxshi harakat qildi va ularni g‘alaba bilan tabriklayman. Bugun yakkakurashlarda imkoniyatni boy berdik. Lutfulla To‘raev Akbar To‘raev darvozasiga chiroyli gol kiritdi", - deb Qosimovning so‘zlarini keltirib o‘tdi SPORTS.uz sayti muxbiri Shahzod Xolboev.
Fikrlar