
Mirjalol Qosimov "Dinamo" ustidan qozonilgan yirik g‘alabadan so‘ng qanday fikr bildirdi?
AGMK klubi Superliganing 23-turida o‘z uyida “Dinamo”ni qabul qildi va raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmasdan 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdan keyin olmaliqliklar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov shunday dedi:
“Qiziqarli va hujumkor o‘tgan o‘yinda katta ustunlik bilan o‘ynab, kerakli g‘alaba va muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdik.
O‘yin uchun futbolchilarga rahmat aytaman va stadionga kelib bizni qo‘llab-quvvatlagan muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. Bizni yana muhim 3 ta o‘yin kutmoqda.
Kelgusi uchrashuvlarga ham jiddiy tayyorgarlik ko‘ramiz. Maqsad OChLga yo‘llanmani qo‘lga kiritish va buning uchun oxirigacha kurashamiz”.
Fikrlar