
Mirjalol Qosimov jamoasining 0:2 ni 3:2 ga aylantirgani haqida nima deydi?
O‘zbekiston Kubogi doirasida o‘tkazigan OKMK – “Nasaf” (3:2) uchrashuvidan so‘ng matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov quyidagilarni aytdi:
“Ajoyib o‘yinni guvohi bo‘ldik. Bundan avvalambor muxlislar yutdi. “Nasaf” o‘tgan yili chempion bo‘ldi. Juda yaxshi, malakali o‘yinchilari bor. Qolaversa, Cheran qo‘shildi. O‘yin juda ham muhim edi. Nimagaki, bu Kubok bahsi edi. Jamoamiz yomon o‘yin ko‘rsatgani yo‘q. Lekin futbolda shunday narsa borki, aytib o‘tganimdek, raqibda malakali o‘yinchilar yig‘ilgan.
Birinchi va ikkinchi gollarda oddiy vaziyatlarda golga aylantirib ketishdi. Uchrashuv juda ham qiziq o‘tdi. Futbolchilarni ko‘zi “yonib” turgandi. O‘tgan yili xatoimiz tufayli guruhdan chiqa olmagandik. Shuning uchun harakat qildik va chindan ham yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi. 0:2 bo‘lishiga qaramasdan, o‘yinchilar ruhan tayyor edilar.
Fursatdan foydalanib, muxlislarimizga rahmat. Avvaldan aytib kelganman, futbol muxlislar uchun. Maydonga chiqdikmi, birinchi navbatda ishqibozlar uchun harakat qilishimiz kerak. Keyingi o‘yinga tayyorgarlik ko‘ramiz. Oldinda yana muhim uchrashuvlarimiz turibdi”.
Fikrlar