Mirjalol Qosimov: "Maydonga tushgan har bir futbolchi jamoa uchun jonini berib o‘ynashi kerak"

  • 2 noyabr, 2022, 22:00
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

AGMK klubi Farg‘onada “Neftchi”ga qarshi uchrashuvda irodali g‘alabaga erishdi. Uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida olmaliqliklar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov ishtirok etdi.

Tecno

- Ikki xil o‘yin guvohi bo‘ldik. Birinchi bo‘limda ochig‘ini tan olish kerak, o‘yinimiz chiqmadi. Qanaqadir juda xotirjamlik bilan harakat qildik. Raqib darvozasi oldida ham hujum qila olmadik. Qolaversa, birinchi bo‘lim boshida darvozabonimiz qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. Ammo ikkinchi bo‘limdagi o‘yin uchun shogirdlarimga minnatdorchilik bildiraman. O‘yinni o‘z qo‘limizga oldik va uchta gol urishga muvaffaq bo‘ldik. Natijada uch ochkoga ega bo‘ldik. Botiraliga ham yaxshi dalda bo‘ldi. Ruhan sportchini o‘yini orqaga ketib qolishi mumkin. Shuning uchun yigitlar shu futbolchi uchun ham jonini berib harakat qilishdi. Kerakli natijaga erishdik. Oldimizga qo‘ygan maqsadimiz 3 ochko olish edi va buni uddaladik. Yomg‘ir yog‘ishiga qaramay, stadionga kelgan muxlislar chiroyli futbol guvohi bo‘lishdi. Mehnati singgan insonlarga o‘z minnatdorchiligimni bildirib qo‘ymoqchiman. Maydon sifati juda a’lo darajada. Shunaqa havoda ham muxlislar mazmunli futbol ko‘rishdi.

- Martin Boakeni zaxiradan maydonga qo‘shilishi birinchi bo‘limda “Neftchi” himoyasini o‘rganish uchun qilingan harakatmi?

- Yo‘q. Nimagaki, qo‘l ostimda nechta futbolchi bo‘lsa, shulardan imkon qadar foydalanishim kerak. Maydonga chiqqan har bir o‘yinchi jonini berib jamoa uchun jon kuydirishi kerak.

- Olimpiya terma jamoasiga nomzod – Eldor Begimovning o‘yiniga munosabatingiz?

- Zaxiradan tushib o‘yinga yomon qo‘shilib ketgani yo‘q. Uchinchi golni urdi. Vaqt kam edi, qanaqadir xulosa chiqarish qiyin.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!