Mirko Elichich: "Menimcha, bizda hali imkoniyatlar bor"
O‘zbekiston Kubogi doirasidagi "Lokomotiv" - "Dinamo" (2:2) oʻrtasidagi bellashuvdan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Mirko Elichi matbuot anjumanida fikrlar bildirdi.
- Jonajon stadionimizga qaytish yoqimli. Uzoq yillar davomida bu yerda chiroyli oʻyinlar oʻtkazganmiz. Futbolchilar ham shuni his qilib turishdi. Oʻz navbatida bugun muxlislilik uchun kelgan muxlislarga ham rahmat aytaman. Bu ham jamoaga kuch beradi. Oldindanoq oʻyin qiyin boʻlishini bilardik. Bunday hisobdagi durang boʻlgan oʻyinlarning katta qismi, asosan, ochiq va hujumkor boʻladi va bugun ham shunday oʻyinni koʻrdik.
- "Dinamo"ning "qotili" Temurxo‘ja Abduholiqov bugun nega oʻynamadi?
- Unda kichik jarohat bor. Toʻliqligicha tuzalmaguncha uni xavf ostiga qoʻya olmaymiz. "Lochin"ga qarshi oʻyin oldidan mashgʻulotda jarohat oldi va shu sababli oʻsha oʻyinda umuman oʻynamadi. Bunday jarohatlarni tezda davolab boʻlmaydi, biroz vaqt kerak.
- "Lokomotiv" 1-turda mag‘lub boʻldi va mana endi durang oʻynadi. Jamoa kubokda uzoqroqka borishni istaydimi?
- Istalgan jamoa uzoqroqka borishni istasa kerak. Biz ham shuni oʻylayapmiz. "Lochin"ga qarshi oʻyinda oʻz sifatimizni koʻrsata olmadik. Balki biroz boʻshashgandirsiz. Bu jamoa juda zoʻr oʻyin namoyish qildi. Umuman olganda, Pro liganing barcha jamoalari kubokda yaxshi oʻyin koʻrsatmoqda. Ularga qarshi oson oʻynining oʻzi boʻlayotgani yoʻq. Bugungi ochko yetarli boʻladimi, yoʻqmi, bilmayman. Menimcha, hali bizda imkoniyatlar bor.

Fikrlar