
MLSda mavsum qachon tiklanishi rasman e’lon qilindi
Amerika futbol ligasi – MLSda mavsum 8 iyuldan davom ettiriladi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Xabarda aytilishicha, barcha uchrashuvlar Orlandodagi ESPN Wide World sport kompleksi maydonida bo‘lib o‘tadi. 26 ta klub 6 ta guruhga bo‘linadi va har bir jamoa 3 tadan o‘yin o‘tkazadi. Guruhlarda 1- va 2-o‘rinlarni egallagan 12 ta jamoa, shuningdek, eng yaxshi natija qayd etgan 4 ta 3-o‘rin egasi pley-offga yo‘l oladi.
Musobaqa g‘olibi esa yangi mavsumda KONKAKAF Chempionlar ligasida ishtirok etadi.
Fikrlar