MMA bo‘yicha jahon chempionatining hakamlar ro‘yxatidan uch nafar o‘zbekistonlik mutaxassis o‘rin oldi
Joriy yilning 19-25 noyabr kunlari Albaniyaning Tirana shahrida IMAAF doirasida aralash jang san’atlari bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.
Mazkur jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi ham to‘liq tarkibda ishtirok etadi. Shuningdek, uch nafar o‘zbekistonlik hakamlar ham chempionatda faoliyat yuritadigan bo‘ldi. Jumladan, Otabek Musaev supervayzerlar qatoridan o‘rin olgan bo‘lsa, Izzat Sharipov hamda Botir Rahmonovlar bevosita hakam sifatida faoliyat yuritadi. Aytib o‘tish joizki, har uchchalasi halqaro toifadagi hakam sanaladi.

Fikrlar