MMA bo‘yicha Osiyo chempionati start oldi. Bugun 6 nafar o‘zbekistonlik sportchi jang qiladi!
27 -29 oktyabr kunlari Tojikistonning Dushanbe shahri aralash jang san’atlari bo‘yicha 18-20 yoshlilar hamda kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qilishi va unda O‘zbekiston terma jamoasi ham to‘liq tarkibda ishtirok etishi borasida xabar bergan edik.
Bugun, ushbu qit’a birinchiligi start oladi va musobaqaning ilk kunida 6 nafar yurtdoshimiz oktagonga ko‘tariladi. Quyida, ular bilan tanishishingiz mumkin.
Kattalar:
Minimal vazn ( 52, 2 kg)
Odil Sayfiddinov - Shohjahon Karimov (Tojikiston)
O‘ta engil vazn ( 61, 2 kg)
Radjabali Murodov - Mirzobek Umarov (Tojikiston)
Yarim engil vazn (65,8 kg)
Shukrullo Rustamov - B.Erkebo‘lan (Qozog‘iston)
O‘rta vazn (83,9 kg)
Mirjalol Yusupov - Bibek Seyidriza (Eron)
18-20 yoshlilar:
Super engil vazn (56,7 kg)
Jamshid Tillaev - S.Asomuddin (Tojikiston)
Yarim engil vazn (65,8 kg)
Murodillo Baxrilloev -Samgat Shabdan (Qozog‘iston)
Albatta, ushbu musobaqada qatnashayotgan barcha sportchilarimizga omad tilaymiz! Shuningdek, Osiyo chempionatiga doir qiziqarli ma’lumotlar, natijalarni bizda kuzatib boring!



Fikrlar