
MMA: Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 7 ta medalni qo‘lga kiritdi
Xabar berib o‘tganimizdek, Serbiyaning Belgrad shahrida MMA bo‘yicha 18-20 yoshlilar va kattalar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.
O‘zi yakuniga etgan ushbu chempionatda O‘zbekiston terma jamoasi ham munosib ishtirok etib, 2 oltin va 5 ta kumush medalni qo‘lga kiritdilar. Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida 5-o‘rinda qayd etildi.
Quyida, g‘olib va sovrindorlar bilan tanishishingiz mumkin.
18-20 yosh toifasi:
120,2 kg:
Asror Anvarjonov - oltin,
+120,2 kg:
Muhammadali Toshturg‘unov - oltin.
+120, 2 kg:
Shuhrat Shukrulloev - kumush,
93 kg:
Dilshod Asatullaev - kumush,
52,2 kg:
Asliddin Abdurasulov - kumush,
70,3 kg:
O‘g‘iloy Jumanova - kumush.
Kattalar:
77,1 kg:
Munis Mo‘minjonov - kumush.
Fikrlar