MMA tarixidagi eng yaxshi besh nafar jangchi kim?
UFC ning yarim o‘rta vazn (77 kg) chempioni Jek Della Maddalena aralash jang san’ati tarixidagi eng buyuk jangchilar beshtaligini sanab o‘tdi.
“Men bu ro‘yxatga Jon Jons, Bi-Jey Penn, Jorj Sen-Per va, albatta, Anderson Silvani qo‘shgan bo‘lardim. Yana bitta kerakmi? Ehtimol, bu Fyodor Emelyanenko. U o‘z davrida mutlaq hukmron edi”, — dedi avstraliyalik "FREESTYLEBENDER" You Tube kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Fyodor Emelyanenko ayni damda 49 yosh. U 2000 yilda professional MMAda debyut qilgan va 2023 yilda faoliyatini yakunlagan. Rossiyalik jangchining rekordida 40 g‘alaba va 7 mag‘lubiyat mavjud.



Fikrlar