MMAning ikki buyuk afsonasi o‘zaro ringga chiqmoqchi

  • 08.01.2026 16:05
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

UFC ning sobiq chempioni Deniyel Kormye azaliy raqibi Jon Jons bilan boks qoidalari asosida jang qilmoqchi.

Tecno

"Jons bilan boks jangini o‘tkazish haqida ko‘p tortishdik va men bu g‘oyani qabul qildim. Eng qiziq jihati esa kurash mavzusi atrofidagi bahslar bo‘ldi. Bilasiz, insonda doim kim kuchliroq ekanini sinab ko‘rish istagi mavjud. Menimcha, bu — men va Jon Jons o‘rtasidagi munosabatlarning eng ochiq-oydin ifodasi. Shaxs sifatida biz hech qachon til topisha olmaymiz. Ammo jangchi sifatida oramizda raqobat qilishga ehtiyoj bor. Seni doim sinovga chorlaydigan, yuqori darajadagi raqibga ega bo‘lish — bu o‘ziga xos ne’mat", - dedi Kormye.

Eslatib o‘tamiz, Jons va Deniyel "ALF Reality" shousing yangi mavsumida jamoa kapitanlari bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!