Modrich maoshining kamayishiga ham rozi

  • 08.10.2020 15:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

35 yoshli xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrich “Real”da qolishni rejalashtirmoqda.

Marca nashri tarqatgan xabarga qaraganda, Modrich “Qirollik klubi” bilan shartnomani uzaytirish uchun maoshining kamayishiga ham tayyor.

Luka “Real” safida 2012 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2021 yilda o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!