
Modrich o‘rnini kimga berishini aytdi
“Real” yulduzi Luka Modrich Xorvatiya terma jamoasida o‘zidan keyin Mateo Kovachich etakchilik qilishini aytdi.
- Menimcha, bugungi kunda eng iste’dodli o‘yinchimiz bu Mateo Kovachich. U futbolda ko‘p narsaga erishdi. Bu yigit katta klublarda o‘ynadi. “Real” va “Inter”dan o‘tib, hozir “Chelsi” sharafini himoya qilmoqda. Aynan mana shu futbolchi Xorvatiya terma jamoasining yangi etakchisiga aylanadi, - dedi Luka Modrich.
Xorvatiya terma jamoasi yil oxirida Qatarda bo‘ladigan jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘ryapti. Xorvatlar sardori Luka Modrich mamlakati asosiy jamoasi uchun 146 ta uchrashuvda 20 ta gol urgan.
2013 yildan beri terma jamoa a’zosi hisoblangan Mateo Kovachich 75 marta maydonga tushib, o‘z hisobiga uchta samarali zarba rasmiylashtirgan.
Fikrlar