Modrich "Real"da qolish uchun maoshi kamayishiga ham tayyor

  • 13 avgust, 2020, 09:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" yarim himoyachisi Luka Modrich faoliyatini shu jamoada davom ettirmoqchi.

Tecno

AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 34 yoshli futbolchi “Qirollik klubi” bilan shartnomani uzaytirish uchun maoshining kamayishiga ham tayyor. Ammo, “Real” Modrichga o‘rinbosar sifatida qaralayotgan Martin Edegorni muddatidan avval ijaradan qaytarib oldi.

Xorvatiya terma jamoasi a’zosi o‘tgan mavsum madridliklar safida 40 ta o‘yinda maydonga tushdi va 5 ta gol hamda 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning Ispaniya chempioni bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!