
"Monako" Falkaoni "Milan"ga sotmadi
Frantsiyaning “Monako” klubi hujumchi Radamel Falkaoni “Milan”ga sotishni istamadi. Bu haqda Football Italia nashri xabar tarqatmoqda.
Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra “rossonerilar” kolumbiyalik futbolchi uchun 30 million evro taklif qilgan. Biroq, monakoliklarni ushbu summa qoniqtirmagan.
Eslatib o‘tamiz, 31 yoshli futbolchi o‘tgan mavsum Frantsiya chempionatining jami 29ta bahsida ishtirok etib, o‘z hisobiga 21ta gol hamda 9ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar