"Monako" portugaliyalik futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi

  • 03.12.2018 18:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Monako" klubi o‘zining portugaliyalik yarim himoyachisi Roni Lopesh bilan amaldagi shartnomani uzaytirdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Yangi kelishuvga ko‘ra 22 yoshli portugaliyalik futbolchi 2022 yilga qadar monakoliklar ixtiyorida bo‘ladi. Eslatib o‘tish kerakki Lopeshning avvalgi shartnomasi 2020 yilga qadar tuzilgan edi.

Ma’lumot uchun, Roni Lopesh “Monako” safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 57ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 18ta gol hamda 12ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan. Uning transfer bahosi esa 28 mln evro.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!