"Monako" yana "Lester" futbolchisini ijaraga oldi
Angliyaning "Lester" klubi yarim himoyachisi Adrien Silva yangi mavsumni Frantsiya chempionatida davom ettiradigan bo‘ldi.
Aniqrog‘i, "Monako" 30 yoshli portugaliyalik futbolchini 2019/20 yilgi mavsum oxirigacha ijaraga oldi.
Ta’kidlash kerakki, Silva uchun “Monako” begona emas. Boisi, u o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini ham aynan mana shu jamoada ijarada o‘tkazgan edi.
Fikrlar