Mourin'yo Bernardu Silvaning jismoniy holatini tanqid qildi

  • 10.08.2026 12:50
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning «Real» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourin'yu yangi transfer Bernardu Silvaning jismoniy holati bo‘yicha o‘z fikrini bildirib, uni tanqid qildi.

 

Mourin'yuning ESPNga aytishicha, Bernardu ta’tildan jamoaga yaxshi sport formasida qaytmagan. Shu bois portugalik futbolchiga jismoniy holatini jiddiy ravishda yaxshilashi kerak bo‘ladi. Shu bilan birga mutaxassis Silvani yuqori darajadagi mahoratli futbolchi sifatida baholadi.

 

«U hujumlarimizni tashkil etishda katta yordam bera oladi. Silva maydonda chuqurroq pozitsiyada ham o‘ynay oladi. Umuman olganda, u uch-to‘rt xil vazifada harakat qila oladi», — deya ta’kidladi Mourin'yu.

 

Eslatib o‘tamiz, Bernardu Silva shu yozda erkin agent sifatida madrid klubiga qo‘shildi. So‘nggi yillarda portugalik yarimhimoyachi Angliyada «Manchester Siti» tarkibida to‘p surib kelaotgan edi. Silva «Real» bilan 2028 yil iyuniga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!