Mourin'yo Chempionlar ligasida kim to‘purar bo‘lishini oldindan aytdi

  • 10.09.2026 15:00
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning «Real» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourinyo yangi mavsumdagi Chempionlar ligasida hujumchi Kilian Mbappe imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.

— Kilian Mbappe bu mavsumda ham Chempionlar ligasining eng yaxshi to‘purariga aylanadi, huddi o‘tgan mavsumda bo‘lgani kabi, — deya Mourinyoning so‘zlarini jurnalist Fabrizio Romano keltiradi.

Eslatib o‘tamiz, 2025/26 yildgi mavsumda Mbappe Chempionlar ligasida 15 ta gol urgan edi. Yangi kampaniyaning ilk turida «Real» o‘z maydonida milanlik «Inter» ustidan g‘alaba qozondi. Uchrashuv 2:1 hisobida yakunlandi, gollardan birini Mbappe kiritdi.

Guruh bosqichining navbatdagi turida «qaymoqranglar» safarda «Roma» jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!